avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

“Mening bobom , buvim – mahallamiz faxri”.

Қариси бор уйнинг -париси бор
                                               
 
                               “Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri”.
                                                           
                                                                   Reja:
1.Keksalarimizning yosh avlod hayotidagi o’rni.
2.Ota – onalarning  suyangan tog’i bobo-buvilarimiz.
3.Yurtimizda”Keksalarni e’zozlash yili”.
4.Keksalar shoirlar mathida.
5.Qarisi bor uyning parisi bor.
                   Keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik                                burchimizdir.
Keksasi bor xonadon,parisi bor deydilar
Qut-baraka bor uyni qarisi bor deydilar,
Sochlaridagi qorlar farzandlar zaxmatidir.
Yuzlaridagi ajin yillarning mehnatidir.
Qo’lingizga asomiz,bo’yningizga bo’ytumor,
Yiroq ketsangiz agar Sizga bo’lamiz xumor.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015-yil mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili,deb nomlandi.Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida yoshi ulug’ insonlarning xayot darajasini yanada yaxshilash ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish tizimli asosida sog’lom lashtirish kabi  xayrli ishlar Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilmoqda. 
        Keksa kishilar deganda ko’zimiz oldiga duoga qo’l ochib hamisha farzandlar tinchligi,yurt obodligini,osmonimiz musaffoligini,kelajagimiz nurafshon bo’lishini niyat qilib,yomon kunimizda bizga dalda,yaxshilik sari undovchi,yorug’ kunga yetaklovhchi nuroniy,duogo’y bobo,buvilarimizni hayotni ko’rib,yaxshi-yomonni farqlovchi,tabiat qiyinchiliklarini puxta o’rgangan kishilardir.
       Bu ulug’ zotlar oilamiz ko’rki,fayzi,qut-barakasi desak adashmaymiz.Chunki bu mo’tabar,munis oila a’zolarimiz bizni yaxshilikka chorlab,yomonlikdan yiroqda bo’lishimizni,keljagimiz porloq bo’lishini ta’minlovchi kuchli qalqondirlar.
       Oilamizda ota-ona,bobo-buvilarimiz o’rni bo’lakcha.Ha,har bir oilada keksa va duogo’y kishilarning bo’lgani yaxshi,albatta.Ular yosh ota-onaga hayotda qanday yashashga,umrning har bir zarbasiga chidashga,bolalarga qanday tarbiya berish haqida pand-nasihatlarini ayamaydilar.Bobo,buvilarimizning shu vaqtgacha yashab kelgan davrlarda qanday qiyinchilik ko’rgan bo’lsalar bizning bunday azoblarning boshimizga tushushini xoxlamaydilar.Bobo-buvilarimizning yoshlik davri urush vaqtiga to’g’ri keladi.Bu urush bobo-buvilarimizning otasi yoki mehribon onasidan ayirgan.Shunga qaramay bobo,buvilarimiz chidamli,sabr-bardoshli bo’lganlar va o’zlari ham o’qib ishlab yashaganlar.Shu sababdan ham bu nuroniy keksalarimiz ota-onamizga,bizlarga shunday yaxshi mustaqillik zamonida yashayotganimiz uchun mamlakatimiz tinch,osoyishta,xalqning yo’lboshchisi Prezidentimiz borligi uchun shukur qilishimizni also nolimasligimizni uqtiradilar.Hayotning yaxshi-yomoniga keksalarimiz maslaxatlariga rioya qilishimiz lozim.Bobo-buvilarimiz har sohada yetarli tajriba va ko’nikmalarga egadirlar.Hattoki,bizni tarbiyalashda,unib o’stirishda ota onamizga tirgakdirlar masalan shu bobo va buvilarmizning aytib beradigan ertak va hikoyalarida olam-olam ma’no va tarbiya mujassam bo’ladi.Biz esa shu ertaklardagi yaxshi fazilatlarni o’zimizga singdirib, hayotda ularni qo’llab maqsadimiz sari olg’a intilamiz.Ta’lim-tarbiyada ma’naviyatimizni,axloqimizni yuksaltirishda ota va bobolarimiz o’g’il bobolarimizga, qizlarga esa ona hamda buvilarimiz mas’uldirlar.Bu insonlar ham o’z vaqtida ota onalarimiz kabi o’z farzandlarini  yer-u ko’kka ishonmaganlar.Ota-onalarimizning mahalla,yurt oldida hurmati baland,yaxshi kishilar bo’lganligining ham asoschisi bu bobo va buvilarimizdir.Biz birxato ish qilib qo’ysak bobolarimiz yoki buvilarimiz ota-onamiz kabi xatomizni to’g’rlab,hech qachon bu xatoni takrorlamasligimizni uqtiradilar.Ta’lim,tarbiyada yaxshi bo’lgan oilalardan yurtimiz koriga yaraydigan sog’lom  va barkamol avlod yetishib chiqadi.Bu haqida taniqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor shunday deydi:
      -Yaxshi tarbiya ko’rgan odamning  xislatlaridan biri shuki,bunday odam o’z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o’tsa,darrov orqaga qaraydi.Sheriklariga yordam qo’lini uzatadi,safini kengaytirib,yangi g’alabani ko’zlaydi.
     Turmushimiz,xonadonimiz va oilalarimiz  mana shu mo’tabar bobo va buvilarimiz bilan tinch hamda farovondir.
      Yoshi ulug’ kishilarning teran mulohazalarini va bebaho o’gitlarini oilalarning tinch-totuv turmush kechirishini yaxshi bilamiz.Bunga O’zbekistonimiz hududidagi  istalgan xonadon va oilalar misolida baho berish mumkin.Ha,biz nuroniy otaxon-u onaxonlarning duosini oltindan afzal ko’rishga o’rganganmiz.Har qadamda ulug’lardan maslaxat so’raymiz,yangi ishga qo’l urushdan oldin ularning oq fotixalarini olamiz.Bu haqida xalqimiz orasida:
Oltin olma,duo ol – duo oltin emasmu degan hikmatli so’z aytiladi.biz bobo va buvilarimizga havas bilan qaraymiz.Bu juda qadimiy va chuqur mazmunga ega an’anadir.Uzoqqa borib yurmay,shundoqqina o’zimiz istiqomat qiloyatgan mahallalarga nazar solsak,ko’pni ko’rgan bobo-yu buvilarimizning ezgu ishlariga guvox bo’lamiz.
Mahallam,oilam siz bilan obod,
Ibrat olar doim sizdan yosh avlod,
Sizlardan taraladi mehr-muhabbat,
Biz esa oilamiz shu sizdan ibrat.
 
2015-yil mamlakatimizda yurtboshimiz tominidan “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va bu barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnunlik bilan kutib olindi.Zero,ajdodlar an’anasiga sodiq holda,keksa avlod vakillarini ardoqlashimiz zarur.Yilimizning bunday nomlanishi keksa kishilarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.Har yili bayramlarda sayllarda keksalar holidan xabar olining, bayram taomlaridan nuroniy kishilarga ham yetkazilgan.Kekasalarimizga mustaqilligimizdan so’ng alohida hurmat izzat bilan qarala boshlangan.
      Yuqorida aytib o’tganimizdek,bizning mustaqil yashashimizga sababchi insonlar ham shu kishilar hisoblanadi.sababi ular yurt mustaqilligi uchun kurashgan kishilar hisoblanadi.Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Islom Karimovning 1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan,yurtimizda 9-may”Xotira va qadrlash” kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.Umr boqiy emas,ezgulik boqiy,deydi donishmandlar.Shunday ekan bu kunda bobo va buvilarimizning yaxshi ishlarini eslab,qabrlarini ziyorat qilamiz.Hali hayot bo’lgan bobo-buvilarimizning qadriga yetib ularni e’zozlashga harakat qilamiz.Prezidentimiz mazkur tashabbuslari bilan kelajak yosh avlod qalbiga shunday bir urug’ sochdilarki kelajak avlod nafaqat ajdodlar ruhini va bugungi kundagi oramizda umr guzaronlik qilib hali bukun xalqimiz uchun o’z xissalarini qo’shib kelayotgan keksalarni hurmat qilishga undadilar.
Qadr shulkim u yurtda  hazrati inson aziz,
Hazrati inson uchun yaralgan imkon aziz,
Inshoolloh hech kimdan kam bo’lmaydi bu millat.
Erk bayrog’in ko’targan hur O’zbekiston aziz,
 
         Keksa,nuroniy,duogo’y kishilarning iliq mehri har bir shoirni befarq qoldirmaydi.Ayniqsa bizning mamlakatda bob ova buvilarimiz haqida doimo sher va qo’shiqlar yangraydi.
Keksalarning yuzlarida nur
So’zlarida doimo surur
Hayotda ham hamisha mag’rur
Sizga tirgak biz yosh avlodlar.
Boshimizni silaysiz har on
Baxtimizga bo’ling sog’-omon,
Bo’lmadi hech rangimiz somon,
Sizga tirgak biz yosh avlodlar.
O’tmishda ham chekgansiz zaxmat
Bobom,buvim,sizlarga raxmat
Keksalarni qilamiz hurmat.
Sizga tayanch biz yosh avlodlar.
Siz hayotning dilkash ustozi
Vatan har on sizlardan rozi
Ota-onam suyangan tog’i
Sizga suyanch biz yosh avlodlar.
Yuz yosh bilan yuzlashib yuring,
To’qson bilan to’qnashib yuring,
Chekmang also anduh va zahmat
Bobo,Buvim sizga ming raxmat.
Ota ona ,bobo-buvilarimizni hurmat qilishimiz kerak,also ularni ranjitmasligimiz,dilini og’ritmasligimiz lozim.Zero kelajak avlod bizdan o’rnak oladi.
 
 
 Buxoro  viloyati Olot  tumani  7- Umumiy o`rta ta`lim makatabi  8- sinf  o`quvchisi  Hakimboyeva Maftuna